Kasilyas Ispaniya qirollik federatsiyasining rahbari bo'lishi mumkin

Alisher
17 yanv 2020, 10:44
Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Ispaniya qirollik federatsiyasi (RFEF) rahbarligi uchun da'vogarlik qilmoqchi.

38 yoshli darvozabon Ispaniya futbol assotsiatsiyasi (AFE) tomonidan nomzod qilib ko'rsatilishi rejalashtirilmoqda.

Marca nashri tomonidan o'tkazilgan so'rovda Kasilyas nomzodi 94% ovoz jamg'argan va tashkilotning amaldagi rahbari Luis Rubialesda esa atigi 6%.

Rubiales Ispaniya federatsiyasini 2018 yilning mayidan beri boshqarib keladi.

U birinchi qarorini "Real" bilan muzokaralar o'tkazgan Ispaniya terma jamoasining o'sha paytdagi bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste'foga chiqarish bilan qabul qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport