Kasemiro doping test tufayli "Real" bilan Ispaniyaga qayta olmadi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017, 21:47
"Bavariya"ga qarshi bahsdan so'ng "Real" delegaciyasi Ispaniyaga to'liq tarkibda qaytib kyetmadi.

Samolyot bortida yarim himoyachi Karlos Kasemiro yo'q edi. Braziliyalik futbolchi doping test topshirayotgani tufayli ushlanib qoldi. Natijada jamoa usiz Ispaniyaga uchib ketdi, u esa Myunxenda qoldi va keyinroq Madridga qaytadi.

"Real" bu bahsda nemis grandini 2:1 hisobida taslim etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS