


"Men "Chelsi" juda ko'p pul sarflaganini bilaman, lekin men buni jiddiy aytmoqchiman: bu futbolchilar kimlar? Ris Jeyms doim jarohatda! Menimcha, Enco Fernandes katta salohiyatga ega. Darvozabonlarda muammo bor, hujumchi yo'q – Nkunku bu vaziyatni o'zgartirishi mumkin.
Mixaylo Mudrik katta pul uchun kelgani aniq, garchi unda iqtidor bo'lsa ham", – dedi Jeymi Karrager "Sky Sports" efirida.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida "Chelsi" Mixaylo Mudrik uchun 70 million evro to'lagan, "Shaxtyor" bonus sifatida yana 30 million olishi mumkin.



