Karpin: “Asensio? Maoshini to'lashga pulimiz yetmaydi”

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020
“Rostov” ustozi Valeriy Karpin o'zi bilan birga ishlagan eng yorqin futbolchilar haqida gapirdi.

- Siz shug'ullantirgan futbolchilarning ichida qay biri eng yaxshi va fikringizcha muvaffaqiyatga erishgan?

- Xo'sh, “Spartak”da Aleks, Velliton. Hozir “Rostov”da Eremenko, Mamaev, Shomurodov, Normann - ular ko'pchilik.

- Marko Asensiochi?

- Ha, “Malorka” shunday yosh o'yinchi bor edi. U eng iqtidorli edi.

- U bilan gaplashib turasizmi?

- Instagram orqali.

- Valeriy Georgievich, muhim savolga javob berolasizmi? Asensio o'ynash uchun bizga keladimi?

- Transferni qo'yib turaylik, uning maoshini to'lashga ham pulimiz yetmaydi, deya aytgan Karpin.

Eslatib o'tamiz, 51 yoshli mutaxassis 2014/15 yilgi mavsum “Malorka”ni boshqargan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24