Karlo Anchelotti Kamavingani "Real"ning kelajagi deb atadi

Alisher
14 mar 2022, 13:53
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing Madrid klubidagi rolini yuqori baholadi.

"Kamavinga - ushbu jamoaning hoziri va kelajagi. Bu futbolchi va klubga ayon. Modrich, Kazemiro va Kroos qarishganda, bizda Kamavinga, Valverde va "Kastilya"dan yosh o'yinchilar bo'ladi", - deydi Anchelotti.

Kamavinga joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

"Real" turnir jadvalida 63 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca