Karim Benzemaning Saudiya Arabistonidagi kelajagi ma'lum

Khoja
16 yanv 2024
“Al Ittihod” futbolchisi Karim Benzema qishki transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi (PIF) va mamlakat sport vazirligi mahalliy chempionatni rivojlantirish loyihasi davom ettirish maqsadida Fransiyalik hujumchini saqlab qolishga qaror qilishgan.

Avvalroq, jiddaliklar bosh murabbiyi Marselo Galyardo 35 yoshli futbolchini jamoa ixtiyoriga yetib kelmagani uchun mashg'ulotlardan chetlatgandi.

Eslatib o'tamiz, Benzema o'tgan yozda Saudiyaga ko'chib o'tgandi. Shu vaqt orasida hujumchi 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urishga erishgan. Shuningdek uning hisobida 5 ta golli uzatma ham bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com