Kapelloning fikricha, "Napoli" CHLdan "Real"ni chiqarib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017, 14:30
Italiyalik mutaxassis Fabio Kapello "Osasuna" va "Real" o'rtasidagi bahsdan (1:3) so'ng, Zinedin Zidan shogirdlari Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Napoli"ga mag'lub bo'lishi mumkinligini aytdi.

"Agar "Real" "Osasuna"ga qarshi bahsdagidek xatolarni takrorlasa, "Napoli" bu mavsumdagi muvaffaqiyatli uchrashuvlar seriyasini davom ettiradi. Italiya jamoasi Mertens bilan doimo madridliklar darvozasiga xavf soladi. Drisning hozirgi formasini hisobga olsak, u "Real" darvozaboni Keylor Navas bilan deyarli birga-bir o'ynaydi. "Osasuna"ga qarshi bahsda Serxio Ramosni tanimadim" - deydi Kapello.

"Napoli" Italiya chempionatining so'nggi 13 ta uchrashuvida mag'lub bo'lgani yo'q.

A Seriya turnir jadvali. LaLiga turnir jadvali.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia