Kante MYUga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 10:45
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 36-tur bahsini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kante dushanba kuni "Byornli"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda (2:2) qovurg'asini shikastlab olgan. Uning "qizil iblislar" bilan uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida.

"Manchester Yunayted" - "Chelsi" o'yini 28 aprel kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe