

"Biz jamoaviy ruh tufayli Premer-ligada g'alaba qozona oldik. Butun mavsum davomida "Lester" kurashishdan to'xtamadi va aynan shu tufayli sovringa ega chiqdik. To'g'risini aytsam, bu erga o'tganimda oltin medal olishimni o'ylamagandim. Ammo asta-sekin g'alabani his qilib keldik. Chempionlar ligasida ishtirok etish men uchun o'zgacha tajriba bo'ladi. Yevropa jamoalarini hayron qoldira olamizmi, yo'qmi, bilmayman. Ko'ramiz, kelasi mavsumda nima bo'lar ekan" - deydi Kante.



