Kalderon: "Ronalduni "Yuventus"ga sotish - "Real"ning xatosi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderonning fikricha, madrid klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga sotib xato qilgan.

"Ronalduni "Yuventus"ga sotish - "Real"ning katta xatosi. Tarixiy xato. Gap u har mavsum 50ta gol urishida ham emas. Muammo shundaki, u ketdi, klub esa uning o'rniga futbolchi topa olmadi. "Real" portugaliyalik transferidan tushgan pulni kimlarga sarflaganiga e'tibor bering. Rodrigo Braziliyada o'ynayapti, Vinisius - "Kastilya"da. Bu juda g'alati. Mariano Diasni hurmat qilaman, ammo u hali Krishtianu darajasida emas" - deydi Kalderon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN