Kaka: "Jerrard bilan birga o'ynashdan mamnun bo'laman"

Aslanov Jasurbek
7 may 2015, 17:43
"Orlando Siti" yarim himoyachisi Kaka jamoaga "Liverpul" sardori Stiven Jerrard kelishidan mamnunligini ta'kidladi.

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi bu mavsumni o'z klubida yakunlab, kelasi mavsumni MLS ligasida boshlaydi.

"Jerrard haqida yaxshi xotiralarim bor. Uning o'yinini kuzatish juda yoqar edi. U bilan birga o'ynashdan mamnun bo'laman. Jerrard MLSga faqat foyda keltiradi. Unga maslahat beraman deb o'ylamayman, ammo bu chempionat juda qiyin ekanligi haqida eslatib qo'yishim aniq" - deydi Kaka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru