
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi bu mavsumni o'z klubida yakunlab, kelasi mavsumni MLS ligasida boshlaydi.
"Jerrard haqida yaxshi xotiralarim bor. Uning o'yinini kuzatish juda yoqar edi. U bilan birga o'ynashdan mamnun bo'laman. Jerrard MLSga faqat foyda keltiradi. Unga maslahat beraman deb o'ylamayman, ammo bu chempionat juda qiyin ekanligi haqida eslatib qo'yishim aniq" - deydi Kaka.