"Milan" yarim himoyachisi Kaka YCHL doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinga qadar jarohatini tuzatishi mumkin.
Bu o'yin 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi asosan yugurish mashqlarini bajarmoqda, bazi hollarda esa to'p bilan shug'ullanmoqda.