“Men irqchilik munosabatlari stadionlarda avj olayotganidan g'azabdaman. Klublarni ochko olib tashlash va kerak bo'lsa, quyi ligaga tushirib yuborish orqali jazolashimiz kerak”, – deya Blatterning so'zlaridan iqtibos keltiradi L’Equipe.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval “Vilyarreal” muxlisi “Barselona” himoyachisi Daniel Alvesga banan uloqtirgan, o'z o'rnida braziliyalik futbolchi irqchilikka qarshi harakat sifatida bananni eb qo'ygandi.
Kuni kecha esa, “Levante” yarim himoyachisi Papakuli Diop ham shunga o'xshash holatga duch keldi. “Atletiko” ishqibozlari Diop burchak to'pini tepayotgan paytda unga maymunning harakatlarini ko'rsatishgan.