Joze Mourinyu: "Menga yangi o'yinchilar kerak emas"

21 noya 2019, 22:32
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu qishki transfer oynasida jamoada katta o'zgarishlar qilmoqchi emasligini ta'kidladi.

"Eng yaxshi sovg'a - menda qo'l ostimdagi futbolchilarning borligi. Yangilari kerak emas. Men bu bolalar bilan yaxshiroq tanishishim kerak. Ularning barchasini yaxshi bilaman, lekin hamma bilan shaxsan tanishishim kerak. Yigitlarga ular uchun shu klubga kelganimni aytdim" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Mouriyuga "Real" vingeri Garet Beyl kerakligi haqidagi xabarlar yangragandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com