Joze Mourinyo: "Raneri hurmatga loyiq"

13 dek 2015, 20:45
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Lesterga qarshi o'yin oldidan raqib bosh murabbiyini hurmat qilishini aytib o'tdi.

"Murabbiylarga bo'lgan munosabatda obektiv fikrlash kerak. Agar nimadir o'xshamay qolsa OAVda gaplar kuchaya boshlaydi: Monkni bo'shatish lozim, Mourinyo iste'foga chiqishi kerak. Biroq, Raneri bilan bunday bo'lmaydi. U hurmatga loyiq murabbiy. 

Agar mag'lubiyat bo'lsa murabbiy aybdor, agar barchasi joyida bo'lsa futbolchilarga rahmat. Shu sababdan ham hozir Raneri hurmatga loyiq", deydi "Chelsi" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.kulichki.net