Jota Angliya Superkubokida ishtirok etmaydi

Alisher
16 iyul 2022, 18:26
"Liverpul" forvardi Diogu Jota jarohati sabab "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Superkubogida ishtirok etmaydi.

Bu haqda "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytdi.

"Alissonda "Siti"ga qarshi o'yingacha qaytish imkoniyati bor, Dioguda esa yo'q", – deydi mutaxassis.

"Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasidagi Angliya Superkubogi uchun o'yin 30 iyulda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Independent