

"Sport Italia" xabariga ko'ra, "Fotih Karagyumruk"ning 27 yoshli futbolchisiga Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi "Jenoa" qiziqish bildirmoqda.
Shukurov o'tgan mavsum Turkiya Superligasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali xavbekni 2,5 million evroga baholagan.
Ma'lumot uchun, "Jenoa" o'tgan mavsum B Seriyada 2-o'rinni band etib, A Seriya 2023/24 yilgi mavsumida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.



