JCH-2026 saralashi. Bugun O'zbekiston terma jamoasining yana bir raqibi ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2023
Xabaringiz bor, noyabr oyida Osiyo qitasida JCH-2026 saralashining ikkinchi bosqichi start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi Eron va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy olgan. Guruhning so'nggi jamoasi bugun ma'lum bo'ladi.




Gonkong va Butan jamoalari bir hafta oldin Gonkongda ilk uchrashuvni o'tkazishgandi. O'shanda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugun Butanda javob bahsi bo'lib o'tadi. Maydon egalari birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan yirikroq hisobda zafar quchishmasa Gonkong guruhimizdan joy oladi.

Butan - Gonkong uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.





JCH-2026 saralashi, "E" guruhi taqvimi:
1-tur, 16 noyabr 2023 yil

Turkmaniston - O'zbekiston

2-tur, 21 noyabr 2023 yil

O'zbekiston - Eron

3-tur, 21 mart 2024 yil
Gonkong yoki Butan - O'zbekiston

4-tur, 26 mart 2024 yil
O'zbekiston - Gonkong yoki Butan

5-tur, 6 iyun 2024 yil
O'zbekiston - Turkmaniston

6-tur, 11 iyun 2024 yil
Eron - O'zbekiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia