JCH-2022 saralashi. Osiyo qitasida iste'fo

Alisher
15 noya 2019
Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi.

Iste'fo JCH-2022 saralashi doirasidagi Suriya (1:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng sodir bo'ldi.

Lippi o'yindan so'ng bergan intervyusida natijani o'z bo'yniga olishini aytib o'tdi.

Bu Lippining Xitoy terma jamoasidan birinchi kyetishi emas. U dastlab terma jamoa boshqaruvini 2016 yilda qo'lga olgan va 2019 yil yanvarda ketgandi. Ammo, mayda yana bosh murabbiylikni o'z qo'liga olgan edi.

Xitoy terma jamoasi saralash doirasida o'z guruhida Suriyadan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: euronews.com