JCH-2022 saralash. Bugun kurashga kuchlilar qo'shiladi

Xayrulla Xoliqov
10 sen 2019, 10:07
Bugun, 10 sentyabr kuni Osiyo qitasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bugungi o'yinlarning e'tiborga molik jihati, qur'a jarayonida 1-savatchadan joy olgan jamoalar bugundan saralashdagi yurishni boshlaydi. Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Yaponiya kabi qita yetakchilarining kurashga qo'shilishi buyog'iga saralash bosqichini yanada diqqat bilan kuzatib borishimizga sabab bo'ladi. 

Albatta, birinchi navbatda O'zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan "D" guruhi o'yinlariga e'tibor qaratamiz. Bugun Singapur ikkinchi bor o'z maydonida o'ynaydi. Singapurliklar 1-turda bizni mag'lub etgan Falastinni qabul qilishadi. Bundan tashqari guruhdagi eng kuchli raqib Saudiya Arabistoni Yaman mehmoni bo'ladi. Yamandagi siyosiy notinch vaziyat tufayli uchrashuv Bahraynda tashkil etiladi va bizning vaqt bilan 17:00da boshlanadi. Ma'lumot uchun, Yaman 1-turda Singapur bilan durang o'ynadi. 

Boshqa guruhlarda ham bir nechta qiziqarli bahslar bo'lib o'tishi kutilyapti. Xususan Quvayt - Avstraliya, Gonkong - Eron, Mo'g'uliston - Tojikiston, Malayziya - BAA, Turkmaniston - Janubiy Koreya to'qnashuvlari ham e'tiborimizdan chetda qolmaydi. 

JCH-2022 saralash bosqichi. 2-tur. 10 sentyabr 


"A" guruhi

10:30. Guam - Filippin 

20:00. Maldiv - Xitoy 


"B" guruhi

16:10. Xitoy Taypeyi - Nepal 

20:30. Quvayt - Avstraliya 


"C" guruhi

16:30. Kambodja - Bahrayn

17:00. Gonkong - Eron


"D" guruhi

16:45. Singapur - Falastin 

17:00. Yaman - Saudiya Arabistoni 


"E" guruhi

19:00. Afg'oniston - Bangladesh 

21:30. Qatar - Hindiston


"F" guruhi

14:00. Mo'g'uliston - Tojikiston

16:30. Myanma - Yaponiya


"G" guruhi

17:30. Indoneziya - Tailand

17:45. Malayziya - BAA


"H" guruhi

19:00. Turkmaniston - Janubiy Koreya

19:00. Shri Lanka - KXDR

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia