JCH-2018 mukofot pullari 400 mln. evrogacha oshirildi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017, 16:12
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati ishtirokchilari uchun mukofot pullari 400 mln. evrogacha oshirildi.

Bu haqda bugun Kalkuttada bo'lib o'tgan FIFA yig'ilishida e'lon qilindi.

Shunday qilib, mukofot pullari 2014 yil Braziliyada o'tgan mundialnikidan 12%ga oshirildi. O'shanda terma jamoalar umumiy hisobda 358 mln. evro mukofot puli olishgan edi.

Bundan tashqari, FIFA kengashi FIFA fondini yaratish qarorini qabul qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com