Jazoir terma jamoasining Arab Millatlar Kubogidagi g'alabasini nishonlash fojia bilan yakunlandi. Ikki kishi halok bo'ldi

Оқил Абдубарноев
19 dek 2021, 23:26
Jazoir Arab Millatlar Kubogidagi g'alabani nishonlash paytida ikki kishi halok bo'ldi. Yana 40 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Jazoir fuqaro muhofazasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 20 va 24 yoshli ikki kishi halok bo'lgan, ulardan biri mototciklda halokatga uchragan.

Jazoir terma jamoasi Arab Millatlar kubogi finalida qo'shimcha bo'limlarda Tunisni 2:0 hisobida mag'lub etdi. O'yin Qatardagi "Al-Bayt" stadionida bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Parijda istiqomat qiluvchi Jazoir terma jamoasi muxlislari Fransiya poytaxti ko'chalariga chiqib, Arab Millatlar Kubogidagi milliy terma jamoasi g'alabasini nishonlagani ma'lum qilindi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe