

"Buxorolik muxlislarni kechagi g'alaba bilan tabriklayman. Juda og'ir g'alabani qo'lga kiritdik. Futbolchilarimizga alohida rahmat aytaman, ular o'zlarini ayamay, g'alaba uchun qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. "Olmaliq" o'z uyida osonlik bilan taslim bo'ladigan jamoa emas, ular ham bu uchrashuvda ijobiy natija kayd etishlari mumkin edi.
Shavkat Salomovning jarohati qay darajada ekanligini bilish uchun Buxoroda qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tkazib bilib olamiz", - deydi Jamshid Saidov.
"Buxoro" matbuot xizmati



