Jampaolo "Milan"ni boshqarishga yaqin

Alisher
6 iyun 2019, 15:47
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Marko Jampaolo o'z ishini "Milan"da davom ettirishga yaqin turibdi.

51 yoshli mutaxassis "rossoneri" bilan 2 yillik shartnoma tuzadi. Uning maoshi bir mavsumda 2 million evroni tashkil etadi. Bitim murabbiyga qo'yilgan vazifalarni bajarishiga qarab yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.

Marko Jampaolo "Sampdoriya"da 2016 yildan beri ishlaydi. Jamoa uning qo'l ostida A Seriyada 10-o'rindan pastga tushib ketmagan.

Oldinroq, "Milan" jamoa Chempionlar Ligasiga yo'llanma ola bilmaganidan so'ng, Jennaro Gattuzoni iste'foga chiqargan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato