

"Biz juda xafamiz. Jamoa uchrashuvni yomon boshladi va juda asabiylashdi. Lekin 30-daqiqada o'zimizga kelib oldik. Penaltiga keladigan bo'lsak, ertami-kechmi kimdir xato qilishi kerak edi. Bu safar men xato qildim. To'pga o'zim istagandek tega olmadim va u boshqa tarafga uchib ketdi. Bor-yo'g'i 23 yoshdaman, o'rganadigan narsalarim ko'p.
Umuman olganda turnirni juda yaxshi o'tkazdik, kurashdik, hisobda orqada borayotib gol urdik. Irodamizni ko'rsatib, o'yinda ustunlik qilgan paytlarimiz ham bo'ldi" - deydi Jaka.



