Jahon chempionati-2018 ochilish marosimining boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
25 may 2018, 16:28
Rossiyada o'tadigan JCH-2018 ochilish marosimining boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi.

Shou 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Bu mundialning ochilish o'yini hisoblangan Rossiya - Saudiya Arabistoni bahsi start olishidan 2 soat oldin degani.

Jahon chempionati Moskvadagi "Lujniki" stadionida ochiladi.

JCH-2018 madhiyasini amerikalik mashxur aktyor Uill Smit va xip-xop ijrochisi Niki Jem, shuningdek albaniyalik qo'shiqchi Era Istefi ijro etdi.

Ochilish o'yiniga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyuradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com