

- "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ularga "Al Ayn"ga qarshi bahsda omad tilab qolaman. Bugun biz o'z imkoniyatlarimiz darajasida o'ynadik, ammo "Loko"ning salohiyati va tajribasi baribir o'z so'zini aytdi. Jamoamiz ikkinchi bo'limda himoyada biroz e'tiborsizlikka yo'l qo'ydi va raqib bundan unumli foydalana oldi. Jamoaga jiddiy etirozim yo'q. "Sho'rtan" imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'ynadi.
Eldor Boymatov va Eldor Tojiboev xizmatlaridan foydalana olmadik. Ammo shuni aytib o'tmoqchimanki, Alibek Turopovning o'yinidan deyarli qoniqdim.



