"Istiqlol" g'alaba qozondi, Jeparov gol urdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018
Bugun Eron Pro-ligasida 21-turdan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Tehronning "Istiqlol" klubi o'z uyida "Pars Janubi Jem"ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi. Bahsdagi ilk gol o'zbekistonlik Server Jeparov tomonidan penaltidan urildi.  "Istiqlol" 21ta o'yindan so'ng 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.


"Istiqlol" - "Pars Janubi Jem" 4:0
Gollar:
Server Jeparov 6, Behnam Barzay 31, Ali Gorbani 48, 65




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia