Ispaniya yoshlar terma jamoasi - ketma-ket ikkinchi bor Yevropa chempioni

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2013, 15:01
Har ikki yilda o'tkazilib kelinadigan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati kecha o'z nihoyaciga etdi.
Finalgacha o'z darvozasi dahlsizligini saqlab kelgan "Manchester Yunayted" golkiperi De Xea darvozasi nixoyat ispanlarning finaldagi raqiblari - Italiya terma jamoasi tomonidan ishg'ol etildi. Biroq bu Italiyaliklarni quvontirdi deb bo'lmaydi. Chunki yakunda baribir Ispaniya yoshlar terma jamoasi Apenin yarim orolilik raqiblari ustidan 2:4 hisobida g'alaba qozonib, 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar o'rtachidagi Yevropa chempionligi tojini himoya qilishga erishdilar.

2011 yilda o'tkazilgan so'ngi chempionatda ham aynan Ispaniya termasi g'olib bo'lgandi.

Ispaniyaning ushbu termasidagi asosiy yulduzlari Alkantara hamda Iskolar finalda ham ajoyib o'yin namoyish etib, o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. Alkantara xet-trikka erishgan bo'lsa, Isko penaltidan to'p kiritdi.

Italiyaliklar Immobile va Borinilarning bittadan gollari bilan javob bera oldilar holos.

Shunday qilib bu yoshdagi terma jamoalar o'rtasida ham Ispaniya yevropada tengsiz ekanligi tasdig'ini topdi.
 
Evro U-21
Final

Italiya U-21 – Ispaniya U-21 2:4 (1:3, 1:1)
Gollar: 0
:1 – 6 Alkantara, 1:1 – 10 Immobile, 1:2 – 31 Alkantara, 1:3 – 38, penalti Alkantara, 1:4 – 66, penalti Isko, 2:4 – 80 Borini.

Italiya U-21
– Bardi, Kaldirola, J. Donati, Byanketti, Redjini, Florenci (Saponara, 58), Verratti (Krimi, 76), F. Rossi, Borini, Insine, Immobile (Gabbyadini, 58).

Ispaniya U-21 – De Xea, Bartra, Montoyya, I. Martines, A. Moreno, Koke (I. Kamacho, 86), Ilyarramendi, Alkantara, Isko, Morata (Rodrigo, 80), Telo (Muniain, 71).

Ogohlantirishlar: Koke (12), Verratti (18), Telo (27), I. Martines (47), Redjini (65), Kaldirola (71), Krimi (78). 

Narzulla SaydullayevMuallif