Ispaniya Superkubogi. Bugun "Barselona" va "Sevilya" Marokashda to'qnash kelishadi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2018, 12:49
Bu yilgi Ispaniya Superkubogida "Barselona" va "Sevilya" klublari to'qnash kelishadi.

Kataloniyaliklar bu o'yinda Ispaniya chempioni sifatida, "Sevilya" esa Ispaniya kubogi finalchisi sifatida ishtirok etadi.

Mazkur bahs Marokashning Tanjer shahrida bo'lib o'tadi. Ikkala klub million evrodan pul olishadi.

Ispaniya kubogi finalida "Barselona" "Sevilya"ni 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Biroq bugun bunday natijani kutish yaramaydi. Sababi "Sevilya" yozda yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi va tarkibni ancha kuchaytirdi. "Barselona"ning yetakchilari Messi, Suares, Buskets, Pike, Koutino, Alba bir necha kun oldin klub ixtiyoriga yetib kelishdi xolos.


"Sevilya" - "Barselona"
Yakshanba, 01:00 (Toshkent vaqti), "Grand Stad de Tanjer", Marokash

Taxminiy tarkiblar:

"Sevilya":
Vaclik - Nyanon, Kyaer, Merkado - Navas, Mesa, Banega, Eskudero - Sarabiya, Ben Yedder, Nolito

"Barselona": Ter Shtegen - Roberto, Pike, Lengle, Alba - Koutino, Buskets, Artur - Messi, Suares, Malkom

Jarohat: Vidal (Barselona)

So'roq ostida: Parexa - D. Suares

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia