Ispaniya. “Leganes” o'z uyida “Betis”ni tor-mor keltirdi

Aslanov Jasurbek
9 may 2017, 02:10
Ispaniya chempionatining 36-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi.

Unda “Leganes” klubi o'z maydonida “Betis” jamoasini qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Shimanovski dublga erishgan bo'lsa, El-Jar va Pires o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

Ispaniya. 36-tur

Leganes – Betis 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 7, penalti Shimanovski, 2:0 – 15 El-Jar, 3:0 – 65 Pires, 4:0 – 80 Shimanovski.

“Leganes” – Yago Errerin, Insua, Riko, Tito, Siovas, Pires (Bueno, 69), Timor, Shimanovski, Peres, El-Jar, Gerrero (Lusiano, 75).

“Betis” – Adan, Peccelya, Toshka, Martines (Sexudo, 61), Mandi, Brashanac, Pardo, Marten (Sanches, 61), Rafa Navarro, Alegriya, Ruben Kastro.

Ogohlantirishlar: Tito (43), Siovas (76), Lusiano (90).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif