Ispaniya Kubogi sohibi "JFL Tashkent"da ish boshladi

Nadirkhuja Yuldashev
20 apr 2017
"JFL Tashkent" jamoasiga germaniyalik mutaxassislardan keyin Ispaniyadan murabbiy tashrif buyurdi.

"Real Sosedad" safida mamlakat kubogini qo'lga kiritgan futbolchi, murabbiylik faoliyatini bolalar futboliga qaratdi. "Atletiko" Madrid jamoasining 13 va 14 yoshli futbolchilarini chempionlik unvonini qo'lga kiritishida katta rol o'ynagan Kiko, so'nggi 5 yilni Xitoyda o'tkazayapti. Guandjodagi faoliyati davomida "Real Madrid" akademiyasida ishladi.

Ikki hafta davomida Kiko Zuniga "JFL Tashkent"da bolalar bilan ishlaydi. Safari davomida, Boysun, Samarqand va Namanganda ham bo'lib, u yerdagi murabbiy hamda bolalarga master klass o'tkazadi.




Kim darvozaga turadi, don-don ziki :)






Kimga ishqizbozsan, "Real" yoki "Barselona"?


Kiko Zuniga murabbiylar bilan tanishib chiqayapti



Agar shu yoshdan ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, marra sizlarniki...



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia