

Unga ko'ra yangi mavsumning boshlang'ich o'yinida “Real” “Betis”ni qabul qiladi, “Barselona” Kamp Nouda “Levante”ga qarshi o'ynaydi, “Sevilya” esa madridning “Atletiko” klubi bilan kuch sinashadi.
Ispaniya chempionati 1-turidan o'rin olgan boshqa o'yinlar:
“Valensiya” – “Malaga”
“Real Sosedal” – “Xetafe”
“Valyadolid” – “Atletik”
“Osasuna” – “Granada”
“Almeriya” – “Vilyarreal”
“Rayo Valekano” – “Elche”
“Selta” – “Espanol”
“Barselona” va madridning “Real” klublari o'zaro oktyabr va mart oylarida to'qnash kelishadi. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 26 yoki 27 oktyabrda “Kamp Nou” bo'lib o'tsa, ikkinchi uchrashuv 22 yoki 23 mart kunlari “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tishi kutilmoqda.



