Isko faoliyatini davom ettirish uchun ideal jamoa tanlab oldi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 10:57
"Real" yarim himoyachisi Isko jamoasini o'zgartirish niyatida.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi jamoadoshlariga "Santyago Bernabeu"dan ketishini aytib qo'ygan. Isko faoliyatini yaxshi davom ettirishi uchun ideal jamoa ham tanlab qo'ygan - "Manchester Siti".

Iskoning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Oldinroq futbolchi jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan janjallashib qolgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito