

Tehron va Mashhad shaharlari orasida iroqliklar ikkinchisini maqul ko'rishdi. Bunga Mashhaddagi stadionga yetib borish qulayroq ekani va u yerda ko'p sonli iroqliklarning istiqomat qilishi sabab bo'ldi. Faqat Saudiya Arabistoni bilan uydagi bellashuvni Iroq boshqa mamlakatda o'tkazishga majbur. Chunki hozirgacha Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasida diplomatik aloqalar tiklangani yo'q. Iroq bilan bir guruhdan Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Tailand terma jamoalari o'rin olgan.



