"Inter"ning uch futbolchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021, 01:51
"Inter" matbuot xizmati jamoaning uch nafar futbolchisi koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, hujumchi Edin Jekodan tashqari, darvozabon Aleks Kordac hamda forvard Martin Satriano kovidga chalingan. Ular ayni damda izolyaciyaga olingan.

Shu orqali ular 6 yanvar kuni "Bolonya"ga qarshi o'tadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal