

"Suning Holdings Group" kompaniyasi va "Inter"ning sobiq egalari bo'lmish Chjanlar oilasi o'tgan mavsum Primeyra-ligadan tushib ketgan umumiy summasi 80 mln evroni tashkil qilayotgan "Portimonense" klubini sotib olishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Chjanlar oilasi "Inter"ga 2016-2024 yillar davomida egalik qildi. Biroq klubni garov sifatida qo'yib, kreditlarini to'lay olmaganidan keyin egalik huquqidan mahrum bo'lgandi.



