"Inter" Vesinoni MYUga ijaraga berishdan bosh tortdi

24 yanv 2020, 01:55
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Matias Vesinoning transferi borasida "Inter" bilan murosaga kelolmadi.

Angliya klubi "neradzurrilar"ga 28 yoshli xavbekning ijarasi borasidagi taklif bilan murojaat qildi va rad javobini oldi. "Qizil iblislar" jamoa yarim himoyasida yuzaga kelgan yo'qotishlarni Vesino orqali to'ldirishni maqsad qilgandi. Bu kelishuv amalga oshmagach urugvaylik futbolchining "Napoli" tarkibiga qo'shilishi taxmin qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports