"Inter" va "Yuventus" MYU himoyachisi uchun kurashadi

Alisher
22 yanv 2020, 15:01
Transfer huquqi MYUga tegishli bo'lgan Kris Smollingga bir necha klublar qiziqmoqda.

"Roma"da ijara asosida o'ynayotgan futbolchiga "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar Kris Smolling uchun 20 million funt talab qilmoqda.

Takidlash kerakki, rimliklarning o'zi ham Smollingni "Manchester Yunayted"dan xarid qilish niyatida.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport