"Inter" va "Napoli" Emerson uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
14 avg 2020, 10:47
"Chelsi" himoyachisi Emerson Palmeriga "Inter" va "Napoli" klublari qiziqmoqda.

"Ko'klar" futbolchini 25 million evro evaziga sotishga tayyorlar. London klubi shuningdek 20 million evro+bonuslar shaklidagi taklifni ham ko'rib chiqadi.

"Inter" Emerson uchun bo'layotgan raqobatda g'olib bo'lmoqda. Bunga "Inter"ning YCHLga chiqqani va 5 yillik shartnoma (2,2 million evro maosh) ham sabab bo'lmoqda.

Emerson yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato