"Inter" va "Bavariya" futbolchi almashishlari mumkin

Alisher
28 iyul 2020, 18:23
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich klubdan ketishni xohlamoqda.

27 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqmoqda.

"Inter" Germaniyaning amaldagi chempioni bilan bo'ladigan bitimga xavbek Korentin Tolissoning qo'shilishini xohlamoqda.

Brozovichning transfer narxi 48 million, Tolissoniki esa 25,5 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercatoweb