“Inter” Skamakkani sotib olish bo'yicha ishlarni boshladi

Alisher
31 iyul 2023
"Sassuolo" sobiq hujumchisi Italiyaga qaytishi mumkin.

 Ayni damda Londonning "Vest Xem" klubida to'p tepayotgan italiyalik hujumchi Janluka Skamakka “Inter”ga o'tish ehtimoli mavjud. Jamoalar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.

 Janluka o'tgan yozda "Sassuolo"dan "Vest Xem"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u 27 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com