“Inter” Nainggolan uchun 60 million evro taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2017, 01:39
“Inter” klubi “Roma” yarim himoyachisi Raja Nainggolanni o'z safiga qo'shib olishga ahd qilgan.

Milan klubi Belgiya terma jamoasi a'zosi uchun 60 million evro va bonus taklif qilmoqda.

Futbolchining o'zi esa yangi jamoasida yiliga 7,5 million evro ishlab topishi mumkin. “Roma” rahbariyati  futbolchining transferini 70 million evroga baholamoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telelombardia