"Inter Mayami" va Messi AQSH Ochiq kubogi finaliga yo'l oldi

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2023
"Inter Mayami" AQSH Ochiq kubogi yarim finalida "Cincinnati"ga qarshi o'ynadi.

Asosiy vaqtda 3:3 hisobida durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa "Inter Mayami" 5:4 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Messi ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

AQSH Ochiq kubogi

1/2 final

"Cincinnati" – "Inter Mayami" 3:3 (penalti 4:5)

24 avgust, 04.00, TQL Stadium

Gollar: 1:0 – 18 Akosta, 2:0 – 53 Vaskes, 2:1 – 68 Kampana, 2:2 – 90 Kampana, 2:3 – 93 Martines, 3:3 – 114 Kubo.

Cincinnati – Angulo, Xelsi, Kann, Aryas, Myazga, Xagglund, Myorfi, Pauell, Geddis, Barreal, Moreno, Akosta, Nvobodo, Kubo, Serjio Santos, Bupendza, Vaskes.

Inter Mayami – Kellender, Yedlin, Krivcov, Miller, Alba, Allen, Teylor, Farias, Kremaski, Ruis, Buskets, Mota, Gomes, Martines, Aviles Manchila, Messi, Kampana.

Ogohlantirishlar: Alba (24), Nvobodo (31), Mota (41), Aviles Manchila (70), Krivcov (80), Akosta (85), Barreal (90), Pauell (111), Aryas (117).

Ikkinchi yarim finalda "Xyuston Dinamo" "Real Solt Leyk"ka qarshi o'ynaydi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia