"Inter Mayami" klublar o'rtasidagi JCHga taklif oldi

Alisher
20 okt 2024, 11:37
FIFA prezidenti Janni Infantino 37 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi o'ynayotgan "Inter Mayami" klubi 2025 yilgi klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etishini e'lon qildi.

"Inter Mayami" MLSning so'nggi o'yinida "Nyu-Inglend Revolyushn" jamoasini 6:2 hisobida mag'lub etganidan so'ng klublar o'rtasidagi JCHning tashkilotchi mamlakatligi uchun bitta taklif kvotasini olishini maum qildi. Bu Fort-Loderdeyl jamoasi uchun klublar o'rtasidagi JCH tarixida ilk ishtirok bo'ladi.

Qayd etish kerakki, "Inter Mayami" muddatidan oldin MLS muntazam chempionatida g'olib bo'ldi va pley-offga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia