“Inter” Martinesga yangi shartnoma tayyorlamoqda

Eldor Akmurzayev
20 yanv 2021
Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Uning yozishicha, “neradzurrilar” hujumchi Lautaro Martines bilan kelishuvni 2025 yil yozigacha uzaytirmoqchi. Bitim yaqin haftalarda imzolanishi aytilmoqda. Yangi shartnomaga ko'ra, futbolchining yillik maoshi bonuslarsiz 5 mln evro bo'ladi.

Martinesning hozirgi shartnomasi esa 2023 yil yozida tugashi kerak. U joriy mavsum A Seriyada 18 bahsda qatnashib, 9+3 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira