"Inter" Konte boshqaruvida ilk uchrashuvni o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2019
Antonio Konte Inter ustozligidagi debyutini Shveytsariyaning Lugano klubiga qarshi o'tkazdi.

Mavsumoldi bahsida neradzurrilar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Inter safida gollarni Sassuolodan ijaraga olingan yarim himoyachi Stefano Sensi hamda xorvatiyalik Marselo Brozovich urishdi, Shveytsariyaliklar esa mazkur gollarga 20 yoshli forvard Leotrim Krieziuning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. 

Eslatib o'tamiz, Konte shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Xalqaro Chempionlar Kubogi o'rtoqlik turniri doirasida Manchester Yunaytedga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 20 iyul kuni bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia