
Eslatib o'tamiz, “Chelsi” klubi Guarinni sotib olish bo'yicha “Inter” bilan muzokara olib borayotgandi.
“Guarin – “Inter” o'yinchisi va biz uni jamoada olib qolayotganimizdan xursandmiz. “Chelsi” bilan Guarin bo'yicha muzokara olib borganimizni yashirmayman, ammo endi muzokaralar to'xtatildi va yarim himoyachi klubni tark etmaydi.
Biz Guarinning uzoq muddat klubda qolishidan mamnunmiz. Biz uni sotmaymiz, chunki u biz uchun juda muhim futbolchi”, - deydi Auzilio.