"Inter" eronlik futbolchini qo'lga kiritmoqchi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2024
Mehdi Taremi yozda "Inter"ga o'tishi mumkin.

Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin eronlik futbolchining "Portu" bilan kelishuvi tugaydi. "Inter" esa futbolchini erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishni reja qilmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, o'tgan haftada Taremi Milan klubi vakillari bilan uchrashgan. Futbolchining o'zi ham Turkiya va Saudiya Arabistonidan bo'layotgan takliflarga qaramasdan, A Seriyaga borishni istayotganini bildirgan.

Mehdi "Portu"ga shartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qilib qo'ygan. Bosh murabbiy Serjiu Konseysau maqsadlarni to'g'ri tushungan holda hujumchiga halaqit qilmoqchi emas.

Ushbu mavsumda Taremi Portugaliya chempionatida 15 o'yinda 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport